Chet tillari fakultetida fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Muxabbat Ametovaning tashabbusi bilan “Milliy kiyimlar kuni” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 15-sonli bayonnomasining 18-bandiga muvofiq yoshlarni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalar ruhida tarbiyalash maqsadida har oyning oxirgi haftasi “milliy kiyimlar haftaligi”deb belgilandi.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad xalq madaniyatining ajralmas va muhim elementi sifatida anʼanaviy milliy liboslarni oʻrganish, asrab-avaylash va rivojlantirishga qiziqish uygʻotish, talabalarni respublika madaniy merosi bilan tanishtirish va ularning maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini shakllantirish.
Bayram ertalab fakultetimizning binosida boshlandi. Fakultet dekani Javod Kurbanbayev, turli milliy liboslarda kiyingan professor-oʻqituvchilar, ustoz-murabbiylar, talabalar binoning kirish qismida professor-oʻqituvchilar, talabalar va xodimlarni kutib oldilar. Oʻqituvchi va talabalar darslarga turli milliy liboslarda tashrif buyurishdi.
Milliy kiyim-kechak xalqlarning butun tarixini rangi, shakli, bezaklari orqali aytib bera oladi, uning koʻpgina ichki sirlarini ochib bera oladi. Milliy libos anʼanalarga sodiqlik va tashqi dunyoga ochiqlikning uygʻun oʻzaro taʼsirini ifodalovchi noyob hodisadir. Ushbu bayram xalqlarning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini qayta koʻrib chiqish va unutmaslik uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Ametova Muhabbat – Chet tillari fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi
