SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL! HALIMA XUDOYBERDIYEVANI XOTIRLAB…

 

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi va O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova ochib berdi. U o‘z so‘zida shoiraning ijod yo‘li, oilada milliy qadriyatlarni ulug‘lab yashagani, davlat arbobi va ustoz sifatida dillarda yorqin xotiralar qoldirgani haqida gapirdi. Tadbir davomida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Z.Kabulova ham so‘zga chiqib Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek she’riyatiga sevgi-sadoqat, mehr va muruvvat kabi samimiy insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi shoira ekanligi, o‘zbek xotin-qizlari armonlarining kuychisi sifatida adabiyot maydonidagi buyuk xizmatlari haqida gapirdi. Shundan so‘ng D.Aminova shoiraning she’rlaridan parchalar o‘qidi. So‘ngra talabalar o‘rtasida Halima Xudoyberdiyeva ijodidan mushoira bo‘lib o‘tdi.

 

Foydali havolalar