
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida “Talaba—yoshlar ijodiyoti antologiyasi” ijodkor talaba—yoshlarining ijod namunalari to‘plami taqdimoti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet professor o‘qituvchilari va talabalar yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni fakultet dekani M.Kurbaniyazov ochib berdi va boshqarib berdi. Adabiyot, she’riyat ijodkordan poklikni talab etadi. Qo‘l ham, qalb ham, qalam ham, qog‘oz ham, niyat ham pokiza bo‘lishi zarur. Ishonchim komilki, bizning talaba yoshlarimiz ham mana shunday pokiza qo‘l bilan qalam ushlab, ijod qilib kelmoqdalar. Ushbu loyiha asochisi fakultetimizning 4-bosqich talabasi Mamadaliyeva Nargizabonu hisoblanadi. U serqirra ijodkor talaba bo‘lib uning bir qancha maqolalari, hikoyalari, she’rlari Respublikamizning va chet davlatlarning nufuzli jurnallarida nashr etilgan. Shularni inobatga olib MDH davlatlari “Eng yaxshi ijodkor talabasi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, ushbu ko‘krak nishon fakultet dekani M.Kurbaniyazov tomonidan topshirildi. Shu jumladan ijodkor yoshlar ham munosib sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

