31-may — Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni

Baʼzida inson o‘ziga zararli ekanini bilib tursa-da, salbiy odatlaridan voz kechmaydi. Ana shunday illatlardan biri chekishdir. Maʼlumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 8 mln odam chekish sababli vafot etadi. Yer yuzida chekuvchilar soni o‘tgan yilgi 2023-yil natijalariga ko‘ra 1,1 mlrdni tashkil etadi. Chekishdan boshqa usullarda tamaki isteʼmol qiladiganlar bo‘lsa 200 mln deb keltirilgan. Ushbu statistikadan kelib chiqib chekish global epidemiya sifatida eʼtirof etilmoqda. Manbalarga ko‘ra, chekuvchilar chekmaydiganlarga qaraganda 10 yil kamroq umr ko‘radi. Agar chekuvchi 40 yoshga kirmagan bo‘lsa va bu illatdan shu yoshgacha voz kecha olsa, sigareta sababli kelib chiquvchi kasalliklar sabab vafot etishi xavfini 90 foizga kamaytirgan bo‘lar ekan.

Chekuvchilar nafaqat o‘zlari, balki atrofidagi chekmaydigan insonlarning salomatligiga ham ziyon keltiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘tgan yilgi statistikasiga ko‘ra, tamaki tutuni har yili 1 mlndan ortiq odamning umriga zomin bo‘ladi. 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bugungi sanani, ya’ni 31-mayni Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni deb eʼlon qilgan. O‘shandan beri bugungi sana dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Bu kunda aholi chekishning zararlari bilan keng tanishtiriladi, turli tadbirlar tashkil etiladi.

Gulnur AMETOVA, qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti talabasi

Foydali havolalar