
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Mudofaa ishlari boshqarmasi va uning tuman-shahar boʻlimlarida belgilangan muddatli harbiy xizmatni oʻtab, 2024-yil Qurolli kuchlar rezerviga boʻshatilgan va otaliqqa olingan yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazilib, bunda jami 375 nafar 2024-yilda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan va otaliqqa olingan 110 nafar yoshlar ishtiroki taʼminlandi. Xususan, 2024-yil 11-iyun kuni Nukus garnizoni maʼnviyat va maʼrifat markazida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirilib, tadbirda jami 7 ta tumandan 430 dan ziyod korxona va tashkilotlar oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Nukus harbiy prokurori U.Abdiraximov va Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlvri qoʻmondoni general-mayor F.Shermatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mudofaa ishlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻalikni qisqartirish va bandlik vazirligi, yoshlar ishlari agentligi xodimlari, tadbirkorlar ham ishtirok etishib, yoshlar bilan ularning qiziqishlari va bandligi boʻyicha suhbat oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maksad muddatli xarbiy xizmatdan kaytgan va otaliqqa olingan yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻlib, yakunda 3 nafar yoshlarga Milliy gvardiyaga kontrakt asosida harbiy xizmatga, 18 nafar yoshlarga Monomarkazga oʻqish boʻyicha yoʻllanma va 16 nafariga “Enter injiniring” korxonasiga ishlash uchun yoʻllanmalar berildi. Tadbir soʻngida otaliqqa olingan Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutining Nukus shahar “Qum ovul” MFYda yashovchi talabalari yoshlariga Nukus garnizoni harbiy muzeyiga sayoxat uyushtirildi.
