E’lon !!!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida“gi PF-158-son Farmoni, 2022-yil 2-dekabrdagi ”2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga garatilgan islohotlar samaradorligini oshirish boyicha chora-tadbirlar togʻrisida“gi PQ-436-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida 2024-yil 15-16-oktyabr kunlari ”Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi, suv tangisligi va migratsiya omillari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaning maqsadi iqlim ozgarishlari, suv tanqisligi va bundan kelib chiqadigan migratsiya masalalarini olimlar va manfaatdor tomonlar oʻrtasida muhokama qilish, fikrlar almashinish hamda ushbu masalalar yechimi boyicha takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shu munosabat bilan mazkur xalqaro ilmiy konferensiyada universitetning professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilariga ishtirok etishlari mumkin.

 

Foydali havolalar