
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbaevning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha oliyb ta’lim muassasalalari prorektorlari, direktor o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar va talaba yoshlar ishtirokida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari N.Kayupov, universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.R.Turdimambetov hamda Innovatsion rivojlanish agentligidagi tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Sayyor qabul o‘tkazishdan asosiy maqsad davlat dasturlari asosida moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish tartiblari va ularga kiritilayotgan o‘zgarishlar, loyihalarni agentlikka topshirish shartlari, startap loyihalarni shakllantirish mezonlari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berish, professor-o‘qituvchi va yosh olimlarning ilomiy innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Sayyor qabul davomida barcha ishtirokchilar loyihalarni amalga oshirish tartiblari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini oldi.





