SANOAT TEXNOLOGIYASI FAKULTETI TALABALARI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” 2022-yil 7-iyuldagi PQ–309-son qarorida belgilangan vazifalarga asoslangan holda Berdaq nomidagi Qoraqalploq davlat universiteti Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr taʼlim yoʻnalishi uchun Taxiyatosh neft bazasi MCHJ ti hamda Texnologik mashinalar va jixozlar (kimyo sanoati) bakalavr taʼlim yoʻnalishi uchun esa “Nukus polimer” MCHJ, “Qoʻngʻirot soda savodi” korxonalari oʻrtasida talabalarning amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Ushbu shartnomalar asosida 2023-2024- oʻquv yilida Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr taʼlim yoʻnalishinining 2-kurs, Texnologik mashinalar va jixozlar (kimyo sanoati) bakalavr taʼlim yoʻnalishining 2-3-kurs talabalariga oʻquv rejaga muofiq belgilangan korxonalarga ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etildi. Amaliyot davrida talaba yoshlar oʻqish jarayonida olgan nazariy bilimlarini amalda sinash va mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bilan amalda tanishish imkoniyatlariga ega boʻlmoqdalar, amalyot davrida talaba yoshlarga fakultetimizning bir qator professor oʻqituvchilari boshchilik qilmoqda. Amalyotchi talaba yoshlarga va amalyot raxbarlariga korxona tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratilib berilib, ishlab chiqarish boʻlimlari bilan joyida tanishtirish va kerakli maʼlumotlarni toʻplash yuzasidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Foydali havolalar