Sanoat texnologiyasi fakulteti talabalarining ishlab chiqarish korxonalariga amaliyotlari davom etmoqda

Oldin xabar berganimizdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” 2022-yil 7-iyuldagi PQ–309-son qarorida belgilangan vazifalarga asoslangan holda Berdaq nomidagi Qoraqalploq davlat universiteti bir qator ishlab chiqrish korxonalari bilan talabalarning amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Mana shu shartnomalarning biri “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ ti bilan tuzilgan boʻlib ushbu shartnomalar asosida 2023-2024- oʻquv yilida Sanoat texnologiyasi fakulteti Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr taʼlim yoʻnalishinining 3-kurs talabalariga oʻquv rejaga muofiq “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ tiga ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.

Amaliyot davrida talaba yoshlar GSP, Etilen, HDP, PP, OZX va qoʻshimcha Raspasofka, Palimer ombori, KIP, Avtomatika, Avtotransport, Temir yoʻl sexlari bilan kengnan tanishib oʻqish jarayonida olgan nazariy bilimlarini amalda sinash imkoniyatlariga ega boʻldilar. Maʼlumot oʻrnida ushbu sexlar gazni qayta ishlaydi va undan poliyetilen, polipropilen va boshqa xalq xoʻjaligida ishlatiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Talabalar va ushbu sexlarda ishlovchi operatorlar, muhandislar va texnologlar bilan davra suxbatlari tashkil qilinib talbalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Amalyot davrida talaba yoshlarga fakultetimizning bir qator professor oʻqituvchilari boshchilik qilmoqda.

Foydali havolalar