
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor tadqiqotchilikga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!
Tayanch doktorantura uchun:
01.01.03 – Hisoblash matematikasi va diskret matematika – 1 o‘rin;
01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi – 1 o‘rin;
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi – 3 o‘rin;
03.00.06 – Zoologiya – 1 o‘rin;
03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi – 1 o‘rin;
03.00.10 – Ekologiya – 2 o‘rin;
03.00.13 – Tuproqshunoslik – 1 o‘rin;
05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari – 1 o‘rin;
05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi – 1 o‘rin;
06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik – 1 o‘rin;
06.01.03 – Agrotuproqshunoslik va agrofizika – 2 o‘rin;
07.00.01 – O‘zbekiston tarixi – 2 o‘rin;
07.00.06 – Arxeologiya – 1 o‘rin;
07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya – 1 o‘rin;
08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti – 2 o‘rin;
08.00.06 – Ekonometrika va statistika – 1 o‘rin;
08.00.13 – Menejment – 1 o‘rin;
09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq – 1 o‘rin;
10.00.03 – Qoraqalpoq tili – 2 o‘rin;
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik – 2 o‘rin;
10.00.09 – Jurnalistika – 1 o‘rin;
10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti – 2 o‘rin;
11.00.01 – Tabiiy geografiya – 2 o‘rin;
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – 3 o‘rin;
11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo – 1 o‘rin;
11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya – 1 o‘rin;
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 2 o‘rin;
12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq – 2 o‘rin;
12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq – 1 o‘rin;
12.00.08 – Jinoyat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi – 1 o‘rin;
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya) – 2 o‘rin;
18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash – 1 o‘rin.
Doktorantura (DSc) uchun:
01.01.03 – Hisoblash matematikasi va diskret matematika – 1 o‘rin;
01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi – 1 o‘rin;
03.00.06 – Zoologiya – 1 o‘rin;
03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi – 1 o‘rin;
03.00.10 – Ekologiya – 1 o‘rin;
07.00.06 – Arxeologiya – 2 o‘rin;
10.00.03 – Qoraqalpoq tili – 1 o‘rin;
11.00.01 – Tabiiy geografiya – 1 o‘rin;
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – 1 o‘rin;
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi – 1 o‘rin.
Stajyor-tadqiqotchilikga talabgorlar uchun:
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi – 1 o‘rin;
07.00.06 – Arxeologiya – 1 o‘rin;
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – 1 o‘rin;
11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo – 1 o‘rin.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ariza – Universitet rektori nomiga;
- Pasport nusxasi;
- Qisqacha biografik ma’lumot (ob’ektivka – namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda);
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi (tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun);
- Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar to‘g‘risida diplom nusxasi (doktoranturaga talabgorlar uchun);
- Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha 2 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari nusxalari (tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun);
- Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3ta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezis nusxalari (doktoranturaga talabgorlar uchun);
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl bo‘yicha);
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (doktoranturaga talabgorlar uchun);
- Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
Eslatma; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichda olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli Farmoni 6-bandi talablari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C 1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B 2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Bunda, 2024 yilning 29 may sanasidan boshlab kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4 apreldagi 4-q/q-sonli hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 2 apreldagi 3-mh-sonli qarori ilovasiga asosan tasdiqlangan
“2-bob. O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar Ro‘yxati” bilan belgilangan xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va unga mos xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi.
Mazkur turdagi sertifikatlar stajyor tadqiqotchilikga talabgorlardan talab qilinmaydi.
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali 15-sentabrdan 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi. Kirish imtixonlari tegishli ixtisoslikka mos fanlardan bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Manzil: Nukus shahar Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy. Tel: 61-223-60-62.