EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA OʻZARO HAMKORLIK BOʻYICHA MUZOKARALAR OLIB BORILDI

Joriy yilning 4-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari” Ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, shuningdek, Xitoy Fanlar akademiyasining Sinszyan Ekologiya va geografiya instituti hamda Xitoy Geografiya fanlari universiteti professorlaridan iborat delegatsiya aʼzolari universitetda mehmonda boʻlishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori A.Reymov qabulida boʻlib, taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan ishlar bilan keng tanishdi. Shundan soʻng mehmonlar universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Turdimambetov, xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori T.Nurimbetovlar bilan birgalikda universitetning oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ushbu laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqot ishlari, oʻquv jarayonida ushbu laboratoriyalar asbob-uskunalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi “Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari” Ilmiy-tadqiqot instituti, Xitoy Fanlar akademiyasining Sintszyan Ekologiya va geografiya instituti hamda Xitoy Geografiya fanlari universiteti bilan kelgusida taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada rivojlantirish, tadqiqot ishlarining barcha yoʻnalishlari, ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foydali havolalar