
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 2024/2025 o‘quv yilida universitetning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilingan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Duysenbayev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i I.Allambergenovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori O.Duysenbayev so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z kasbining malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan qulayliklar haqida gapirib, o‘qishga qabul qilingan barcha magistrantlarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, Magistratura bo‘limi boshlig‘i I.Allambergenov so‘zga chiqib, o‘qishga qabul qilingan magistrantlarga universitetning ichki tartib-qoidalari, darsga qatnovi, kredit modul tizimi va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Uchrashuvda magistrantlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.
QDU matbuot xizmati


