QDU talabalari Xitoyning Tianjin Normal universitetida tahsil olmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti chet tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi talabalari Gulzira Sagalatdinova va Shahsanem Niyetbayeva Xitoyda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Akademik almashinuv dasturi doirasida ular 2024-2025 o‘quv yilining ikki semestrini Tianjin Normal universitetida o‘tkazadilar.

Talaba qizlarning asosiy mutaxassisligi ingliz tili va adabiyoti bo‘lsa-da, ular xitoy tilini ikkinchi chet tili sifatida ham o‘rganadilar. Xorijda o‘qish ularga til bilimlarini kengaytirish va Xitoyning madaniy merosini o‘rganish imkonini beradi.

Dastur nafaqat akademik ustunliklarni beradi, balki kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun yangi qobiliyatlarni yuzaga chiqaradi. Tianjin Normal universitida o‘qish Gulzira va Shahsanemga xitoy tili va madaniyati bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga imkon beradi, bu, ayniqsa, xorijiy tillar va xalqaro kommunikatsiyalar sohasidagi bo‘lajak mutaxassislar uchun muhimdir.

Ushbu tajriba kelgusida ularga mehnat bozorida raqobatbardosh ustunliklarni taqdim etish, shuningdek, ta’lim va madaniy almashinuvlar orqali Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

QDU katta o‘qituvchisi Yu.Mamutova

Foydali havolalar