Bugungi kunda texnologik rivojlanish barcha sohalarda yuksak o‘rin tutib, jamiyat taraqqiyotini belgilab bermoqda. Shu munosabat bilan, yoshlar orasida innovatsion fikrlashni rivojlantirish va texnologik yangiliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichi bugun o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur tadbirning yopilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining qo‘mita raisi T.Romanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari B.O‘temuratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari O.Maxkamov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri B.Qayipbergenovlar ishtirok etdi.
«TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi yopilish marosimi doirasida dastlab mehmonlar marafon ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan innovatsion ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Mehmonlar innovatsion ishlanmalar bilan tanishar ekan, loyihalarning amaliy qiymati va dolzarbligiga yuqori baho berdilar. Ko‘rgazma davomida yosh ishtirokchilar mehmonlarga o‘z ishlanmalarining texnologik imkoniyatlari, ularning qo‘llanilishi va ijtimoiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar «TechnoWays» marafonining mamlakatimizda texnologik rivojlanishni jadallashtirishda tutgan muhim o‘rnini ta’kidlab, ushbu tadbirni yosh avlodni yuksak marralarga undaydigan platforma ekanligini alohida aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, marafon g‘oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Mazkur tadbirning yopilish marosimi o‘zgacha shukuh bilan tashkil etilib, yig‘ilganlarga talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi. Ushbu dasturda talabalarning ijodiy chiqishlari, musiqa va raqs sahnalari mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.Konsert dasturi davomida yoshlarga xos energiya va ijodiy mahorat namoyon bo‘lib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Qoraqalpogʻiston Oliy taʼlim muassaalari oʻrtasida oʻtkazilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marosimida taqdirlanganlar roʻyxati.
“Dasturiy taʼminot” yoʻnalishi boʻyicha
1.Turemuratova Biybinaz
2.Orazimbetova Akbarali
3.Qallibekova Dinora
“Texnologik yechim” yoʻnalishi boʻicha
1.Baymanov Samat
2.Usnatdinov Jalalatdin
3.Muhammeddinova Umida
Hududlardan kelgan va onlayn roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marosimida taqdirlanganlar roʻyxati.
“Dasturiy taʼminot” yoʻnalishi boʻyicha
1.Temirov Lazizbek
2.Umirov Uchqun
3.Qogambayev Alibek
“Texnologik yechim” yoʻnalishi boʻicha
1.Muhammadjanov Qudratbek
2.Ibrohimov Numonjon
3.Yodgorov Lazizbek

