Respublika miqyosida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovini o‘tkaziladi.
Tanlovda barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga materiallar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish talablari:
ilmiy maqola 14 shrift (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va o‘ng tomonidan 2 sm hoshiya, 5-6 bet;
ilmiy maqola mavzusi o‘zbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifining (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi)
F.I.SH.; oliy ta’lim muassasasining nomi; ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi; elektron pochta manzili; telefon raqami ko‘rsatiladi;
yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni/annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator); kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta) maqola Kirish, Asosiy qism, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat; matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatda keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltiriladi.
Tanlovga faqatgina yuqoridagi tartibga rioya qilingan holatda yozilgan maqolalar qabul qilinadi.
Har bir o‘rin bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagicha miqdorda pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 7 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 5 000 000 so‘m.
Tanlovga uchun maqolalar 2024-yilning 5-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan qogʻoz va elektron shaklda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 93 614 26 76
+998 91 374 67 96
Tanlov nizomi va baholash mezoni
