
Yig‘ilishni universitet rektori, akademik A.Reymov kirish so‘zi bilan ochib, yoshlar tarbiyasi va ularning ma’naviy kamolotini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlarning ahamiyati haqida gapirdi. Tadbir davomida rektor A.Reymov quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratdi:
Talabalarning ta’lim-tarbiyasi: Yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni ta’kidladi. Bu borada universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish: Talabalar uchun sport to‘garaklari, ijodiy, ilmiy va texnik doiralarni kengaytirish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, bu borada universitetda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati misol qilib keltirildi.
Shundan so‘ng, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, qonunlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi. Universitet rektori yig‘ilish ishtirokchilarini yoshlarning bilim olishi, ma’naviy rivojlanishi va ular uchun sog‘lom muhit yaratishga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Ushbu yig‘ilish universitet jamoasi va talaba-yoshlar uchun muhim bo‘lib, ta’lim-tarbiya sohasida samarali ishlash uchun yangi yo‘nalishlarni belgilab berdi.
QDU matbuot xizmati

