
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, pedagog-tarbiyachilar va tyutorlar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Tatlimurat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot guruhi a’zosi, Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Qobil Mambetovlar o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinov ochib berdi va olib bordi.
Seminarda «Millatlararo totuvlikni mustahkamlash va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash» hamda «Bir bo‘lsak – bir xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» tadbirlarini targ‘ib qilish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzachilar mamlakatimizda turli millat vakillarining ahil-inoq yashashi, diniy bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilinishi jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va turli salbiy ta’sirlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminarda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Mazkur tadbir ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish, talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni yot g‘oyalardan himoya qilish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

