Men ekgan ko’chat

Universitetimizda hamjixatlik, totuvlik va obodonlashtirish ishlarini yanada mustahkamlash maqsadida Kimyo-texnologiya fakultetining 1 A yengil sanoat guruhi talabalari guruh rahbari Sh.Musirov boshchiligida  “Men ekgan  ko’chat” mavzusi ostida hayrli ishga qo’l urishdi.

Universitetimizning atrofini obodonlashtirish uchun talabalar har xil turdagi mevali ko’chatlarni ekishdi. E’tiborli  tomoni shundaki, mazkur tadbirda guruh talabalari alohida namuna   ko’rsatib, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etishdi.

Albatta, bu kabi hayrli tadbirlar barchani yagona maqsad yo’lida birlashtirish, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg’usini shakillantirish bilan ahamiyatlidir.

                                                                            Nilufar Nurlibekova,

                           Kimyo texnologiya fakulteti 1 a yengil sanoat guruhi talabasi.

Foydali havolalar