DIQQAT TANLOV!

Ijodiy qobiliyatingizni sinovdan o‘tkazish imkoniyati. So‘zning sehrli kuchidan foydalanib, tarixni so‘zlang, kelajakka sayohat qiling, qalblarda milliy g‘urur va Vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘oting!

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpog‘iston teleradiokanali davlat muassasasi bilan hamkorlikda Hozirgi qoraqalpoq filologiyasining dolzarb masalalari i (Qaraqalpaq tili hám ádebiyatı qánigeliginiń 90 jıllıǵına baǵıshlanadı) mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi oldidan «Ilham hám sóz qúdireti» mavzusidagi Respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi: qoraqalpoq tili, adabiyoti va jurnalistikasining rivojiga hissa qo‘shish, jamiyatda milliy ona tilimizning nufuzini oshirish, faol ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlovda yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, blogerlar, qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, shuningdek, iqtidorli yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar asosan milliy tilimizning qadr-qimmati, uni saqlash va takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisligining tarixi, bugungi hayoti va yutuqlariga alohida e’tibor qaratishi kerak.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Eng yaxshi she’riy asar
Eng yaxshi esse
Eng yaxshi maqola
Eng yaxshi videorolik
Eng yaxshi tasviriy san’at
Tanlovga 2025-yilning mart oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida e’lon qilingan materiallar joriy yilning 15-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga kelib tushgan ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar 1-, 2-, 3-darajali diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ijodiy materiallar «Ilhom va so‘z qudrati» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy. Qoraqalpoq davlat universiteti 2-o‘quv binosi,
Murojaat uchun telefon: +998 90714 86 98, +99893.485 3151

 

Foydali havolalar