Tabiatshunoslik fakultetidagi «OTUS» klubi tashabusi bilan Nukus shahridagi 23-sonli maktabning 5-sinf o`quvchilari bilan birgalikda 1-aprel – butunjahon qushlarni muhofaza qilish kuniga bagíshlab «Qushlar bayrami» tadbiri o`tkazildi. Unda «OTUS» klubi a`zolari va maktab o`qituvchilari va 5–sinf o`quvchilari qatnashdi. Tadbirni «OTUS» klubi rahbari I.Arepbaev ochib berdi.
U o`z nutqida insonning, uni o‘rab turgan atrof-muhitga munosabati, turli o‘simliklar, jonivoru qushlarga bo‘lgan munosabat orqali shakllanadi. Butun dunyo aholisi 1 aprel – Xalqaro qushlar kunini nishonlaydi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo’shma Shtatlarda, keyinchalik ommabop bo’lib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Evropada ham o’tkazila boshlandi.
O’zbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan ko’proq turi ma’lum ekanligi haqida hamda qishloq xo’jaligida qushlarning foydali jihatlari va ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jumladan, O’rta Osiyoda tarqalgan Hindiston maynalarining zararkunanda hashoratlarni qirishi, bu maynalarni gapirishga o’rgatish mumkinligi, uzumchilikka zarar yetkazadigan arilarni istemol qiladigan arixo’r qushlar, chigirtkalarni qirib foyda keltiradigan hashoratxo’r qushlar va yana bir qator insonlar hamda tabiat uchun foydali ahamiyati katta bo’lgan qushlar haqida bergan ma’lumotlari o’quvchilarda qushlarga nisbatan katta qiziqish uygótdi.
Zero, tabiatga mehr bolalikdan uyg‘onadi o‘ziga xos ekologik bayram, sifatida o‘tkazilgan tadbirda turli sayroqi qushlar parvarishi bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlarning tabiatni asrash, yashil olam vakillari hamda qanotli do‘stlariga bo‘lgan munosabati haqida aytib o`tdilar.
Tadbir davomida talabalar va o`quvchilar tomonidan sayroqi qushlar parvarishi bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlarning tabiatni asrash, yashil olam vakillari hamda qanotli do‘stlariga bo‘lgan munosabati chizgan rasmlari, she’rlari, tayyorlagan targ‘ibot plakatlari orqali aks ettirildi.
Qushlardan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, o‘quvchilar tabiatga yaqinlik, jonivorlarga g‘amxo‘rliklarini namoyish qilishdi. Bundan tashqari tadbirda noyob va gároyib qushlar haqida hujjatli film va slaydlar namoyish etildi.
Bayramda o‘quvchilar o‘zgacha ishtiyoq bilan ishtirok etayotganini ko‘rib, bugungi yoshlarimiz orasida tabiatga mehri baland o‘g‘il-qizlar ko‘pchilikni tashkil etishiga amin bo‘ldik.
O.Raximbayev,
Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi
guruh yetakchisi, JTK a`zosi.
