15-aprel kuni O‘zbek filologiyasi fakultetida XXI asr vabosi – milliy mentalitetimizga yot illat ya’ni OITS bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Bunda Qoraqalpog’iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Kudryakov Rashid va № 1-sonli Respublika psixonevrologiya dispanseri psixyatori Zarimova Nargizalar fakultetimiz talabalari bilan sog’lom turmush tarzini shakillantirish, OIV/OITS kasalligi, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, giyohvandlikning oldini olish shuningdek, doping qabul qilish inson salomatligiga qarshi ta’sir ko’rsatishi va zararli oqibatlarga olib kelishi haqida bir qancha ma’lumotlar berdi. Yig’lish so’ngida talaba yoshlar ham o’zlarini qiziqtirgan savollari bilam murojaat qildilar.
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
dekan muovini G’.O’razboyev
