Ajdodlar xotirasi yodimizda

 O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpoq davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti  boshlang`ich tashkiloti yetakchisining 2018-2019-o`quv yiliga mo`ljallangan ish-rejasining 28-bandiga ko`ra “Vatanparvarlik o`lka tarixini o`rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga) mavzularda sayohatlar uyushtirish rejasi tasdiqlangan.

Turkman filologiyasi o`qituvchilari Ch.Chariyev, S.Avezqilichevalar boshchiligida 1-kurs turkman filologiyasi talabalari Xiva shahriga tashrif buyurishdi. Talabalar bir qancha tarixiy obidalarga, jumladan, Ichanqal`adagi Ko`hna Ark, Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon madrasalariga, Pahlavon Mahmud, Islomxo`ja va Kalta Minor obidalarini  tomosha qildilar.

Tarixiy joylar, me`moriy majmualar, ayniqsa, Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan talabalarda yorqin taassurot qoldirdi.

Bunday sayohatlarning uyushtirilishi yoshlarning Vatanparvarlik tuyg`usini mustahkamlab, ajdodlar xotirasini ulug`lashga katta yordam beradi.

B.Abdulamitov,

O`zbek filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich

tashkiloti yetakchisi.

Foydali havolalar