«Oila – muqaddas dargoh»

Tabiatshunoslik fakultetida  15-may – Xalqaro oila kuniga  bag`ishlab «Oila – muqaddas dargoh» mavzusida “Ibratli oila — 2018” respublika ko‘rik-tanlovinining  “Eng ibratli innovasion, zamon bilan hamnafas oila” nominatsiyasi  bo‘yicha g‘olib oila vakillari  Rustem  Aybergenov va Dilbarxon Toremurotovalar bilan uchrashuv kechasi o`tkazildi.

Unda  universitet  xotin – qizlar qo`mitasi boshlang`ich  tashkiloti raisi I.Seytnazarova,   universitet  psixologi  «Oila markazi» yetakchisi G.Reyimbaeva  hamda fakultet professor-o`qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok  etishdi.  

Tadbirni fakultet dekani Ya.Ametov ochib berdi va olib bordi.

Keyingi so`zga chiqqanlar o`z nutqlarida: Bu kunning belgilanishi mamlakatlardagi ijtimoiy hayotda yuz berayotgan turli oilaviy muommalarga e’tibor qaratishdan iborat. Oila – bu jamiyatning asosiy ajralmas qismi hisoblanib, u insoniy qadriyatlar, ajdodlar tarixiy, madaniy meroslarini saqlaydigan mustahkam qo’rg’n va rivojlanish omili sifatida mavjud bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Oila sharofati ila davlat mustahkam bo’ladi va rivojlanadi, xalq farovonligi oshadi. Hamisha mamlakat rivojiga oilaning jamiyatda tutgan o’rni hamda davlat tomonidan unga beriladigan e’tiborga qarab baho berilgan. oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va sog‘lom avlod tarbiyasi xususidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ro‘zg‘or tutish borasida uzoq yillik tajribaga ega universitet  psixologi, «Oila markazi» yetakchisi G.Reyimbaeva talabalarga oilani mustahkamlash borasida maslahat va tavsiyalar berdi.

Uchrashuv so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik  fakulteti  yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

Foydali havolalar