Yoshlar ovozi muhim!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Faqat sog‘lom  xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi”, degan so‘zlari jamiyatimizdagi ijtimoiy islohotlarning bosh maqsadiga aylandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan har tomonlama sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar belgilandi.

Bugungi kunda mamlakat rivoji va hayotini yaxshilashda o’sib kelayotgan navqiron avlodning ham rolini inobatga olgan holda ularni eshitish va fikr va g’oyalarini mustaqil bildirishi uchun  yangidan  yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati va UNICEF tomonidan Qoraqalpog’istonda o’tkazilgan maxsus so’rovnoma orqali tanlab olingan yoshlar 5-6 may kunlari Nukus shahridagi “Toshkent” mehmonxonasi va “Yoshlar markazi”da  “Mahallangiz yoki shahringizdagi yoshlar hayotini yaxshilash bo’yicha o’z g’oyangiz va fikringizni bildirmoqchimisiz?” savoliga “Yoshlar ovozi muhim!” loyihasi doirasida innovatsion takliflarini ishlab chiqish orqali javob berishdi. UNICEF ijtimoiy-siyosiy bo’lim boshlig’i Yuliya Oleynik, “Yuksalish” umummilliy harakati bo’lim rahbari Sherzod Saparov, Yoshlar qo’mitasi va “U-Report” vakillari yoshlarning hokimiyat bilan aloqasini bog’lovchi ko’prik vazifasini bajarishdi. Saralangan yoshlar safida O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari  Jambil Kojanov, Nazokat Sharipbayeva, Dilnoza Qabulovalar ham o’zlarining “Motivatsion markaz”, “Innovatsion kutubxona” loyihalarini hokimiyatga murojaat orqali taqdim qilishdi va hamkorlarning e’tirofiga sazovor bo’lishdi.

Mazkur loyiha yakunida ishtirokchi-talabalar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Bunday loyihalarning tashkillashtirilishi yoshlarning jamiyat hayotidagi o’rni muhimligini his qilishida va yangi innovatsiyalarning yaratilishiga zamin yaratadi.

B.Abdulamitov,

Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti yetakchisi.

Foydali havolalar