2019-yil 20-may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti Texnika fakulteti 2V-arxitektura yo’nalishi talabalariga fan o’qituvchisi A.Abekeeva «Arxitekturaviy loyihalash» fanining “Ko’rgazma pavilionining konstruktiv yechimi ustida ishlash” mavzusida “ГорСельПроект” loyihalash institutining arxitekturaviy loyihalash bo’limida sayyor dars o’tkazdi.
Dars jarayonida loyihalash institutining bosh injeneri A.Muxitov va arxitektor A.Najimatdinovlar talabalarga loyihalar, normativ hujjatlar bo’yicha amaliy maslahatlar berdilar.
U yerda talabalar arxitektorlarning ishlayotgan loyihalari bilan tanishdilar. Loyihaning konstruktiv yechimlari bo’yicha o’zlari qiziqqan savollariga javob oldilar.
Shuningdek, talabalar o’zlari chizgan ko’rgazma zallarini ko’rsatib, kamchiliklarini to’ldirdilar va kerakli maslahatlar oldilar.
Anvar Atabaev,
Guruh kotibi.
