Bolalar yozgi dam olish oromgohida “Funny English” mavzusida musobaqa o’tkazildi

О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi “2019-yilgi bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi majlisi 11-son bayonida  belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakultetidan iqtidorli talaba-yoshlar jalb etilgan edi.

Hozirgi vaqtda Chet tillari fakulteti qobiliyatli va iqtidorli talaba-yoshlari respublikamizning Ellikqala va To’rtko’l tumanlarida joylashgan “Orol bolalari” va “Lochin” bolalar yozgi dam olish oromgohlarida ingliz tilini o’rgatish bo’yicha amaliyot o’tamoqda. 

Ellikqal’a tumanida joylashgan Orol bolalari xalqaro o’quv sog’lomlashtirish oromgohida hozirda 2 smenada bolalar maroqli dam olmoqda. Kuni kecha  bolalarni ingliz tilidagi bilimlarini sinash maqsadida “Funny English” (Quvnoq ingliz tili) mavzusida tadbir o’tkazildi.

Bu musobaqa 6 jamoa o’rtasida bo`lib o`tdi. Bolalar 4 shart bo`yicha o`zaro bellashishdi. Tadbir maroqli o’tishi uchun unda  kuy-qo`shiqlar ham o`rin oldi.

Tadbir so`ngida eng ko`p ball yig`gan va g`olib bo`lgan jamoalar maqtov yorliqlari va esdalik  sovg`alari bilan taqdirlandilar.

M.Madaminova,

Chet tillari fakulteti 3-bosqich talabasi.

Foydali havolalar