Bugun Shavkat Mirziyoyev BMT minbarida ilk marta о‘zbek tilida nutq sо‘zlaydi

Bugun, 23 sentabr kuni О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida sо‘zga chiqadi.

Davlat rahbari BMT oliy minbaridagi bu galgi chiqishida mustaqil О‘zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – о‘zbek tilida nutq sо‘zlashi kutilmoqda.

Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda о‘z tashabbuslarini ilgari surishi kutilmoqda.

Videoanjuman shaklida о‘tadigan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga tо‘g‘ri keladi.

Nutq translyatsiyasini bugun soat 18:00 da quyidagi telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tomosha qilishingiz mumkin:

– «O’zbekiston», «O’zbekiston 24», «Zo’r TV», «Sevimli TV» (о‘zbek tilida);

– «Yoshlar», «Toshkent» (rus tilida);

– «Uzreport TV», “Dunyo boylab” (ingliz tilida).

Foydali havolalar