Men oʼzbek oʼgʼloniman

Vatan – mehr muruvvat manbaidir. Tinchlik – eng oliy neʼmat. Ona Vatan tinchligini saqlash, uning tuprogʼini koʼzimizga surish, uni himoya qilish shu Vatanda yashab ulgʼayotgan har bir insonning muqaddas burchidir. Bu muqaddas tuygʼuni ulgʼayib borayotgan yosh avlodning qon-qoniga singdirish, ular ongida oʼchmas alanga etib shakllantirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biridir. Shu qatori menham yoshligimdan harbiy sohaga qiziqishim yuqori boʼlganligim sababli 2019 yili muddatli harbiy xizmatni otashga bordim.  Komandirlarim va boshliqlar tomonidan berilgan harbiy bilim va koʼnikmalarga ega boʼlib, harbiy qism komandiri  tomonidan beriladigan harbiy tavsiyanomaga ega boʼldim. Bu yutugʼim menga koʼpgina eshiklarni ochib berdi desam mubolagʼa boʼlmaydi. Chunki shu yili oliy oʼquv yurtiga imtiyozli oʼqishga qabul qilindim. Hozirda Qoraqalpoq davlat universiteti 1-kurs talabasiman. Oʼqishni boshlaganimizga oz muddat boʼlganiga qaramasdan koʼp gina tadbirlarga, universitetda boʼlib oʼtadigan majilislar va boshqa  koʼrgazmalarda ishtirok etib borayapmiz. Kuni kecha oʼtkazilgan Qurolli kuchlar tashkil topganligining 29 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari  kuni munosabati bilan 1-kurs bosqichi  talabalari guruh rahbarimiz Adilxanova Moʼldir bilan “Vatan aziz – jasorat mangu” shiori ostida tadbir oʼtkazdik. Tadbirda hozirgi kunda Oʼzbekiston qurolli kuchlarining yutuqlari va armiyada boʼlib oʼtadigan harbiy kurslar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Bunday tadbirlar biz yoshlarni yanada ilhomlantirib oz ustimizda yanada jadalroq ishlashga undaydi. Yoshlarga hozirgi vaqtda koʼp imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Prezidentimiz tarafidan berilayotgan bunday imkoniyatlardan oqilona va toʼliq foydalanish bizning vazifamiz va burchimizdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va mamlakatimiz tarafidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib mamlakatimiz bayrogʼin har taraflama balandlarga  koʼtarishga barcha yoshlar nomidan vaʼda beramiz deb ishonch bilan ayta olamiz.

Kimyo texnologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Soatov Mirali

 

Foydali havolalar