Xalqaro suv kuni munosabati bilan ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslari fakulteti talaba yoshlari, 1-bosqich geografiya talabasi Begdullayeva Almaxan, 2-bosqich geografiya talabasi Umirzakov Shingis, 2-bosqich geodeziya kartografiya va kadastr talabasi Yoʻldoshev Omonboylarni tashabbusi bilan, Nukus shahridagi 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6 -sinf oʻquvchilariga Geografiya fani oyligi doirasida, 22-mart Xalqaro suv kuni munosabati bilan ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Tadbirda 33-sonli maktabning oʻqituvchilari  Palimbetova Gulasen, Berdimuratov Qoshmurat, Tabildiyeva Ziyada va yoshlar yetakchisi Ibrayimov Temur qatnashdi. 6-sinf oʻquvchilaridan jami 40 ta oʻquvchi qatnashib, Geografiya fani haqida qiziqarli malumotlarga ega boldilar. Sayyoramizda suvning qay darajada bebaho boylik ekanligini talabalarning tayyorlab kelgan materiallari, taqdimot, videoroliklari asosida,  oʻquvchilar kengroq maʼlumotga ega boʻlishdi. Ushbu Geografiya fani oyligi doirasidagi ochiq dars, oʻquvchilarning yanada geografiya fanini, suvlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlishini, suvlar haqida qiziqarli faktlar, xalqaro suv kuni, Jahon davlatlarda qanday oʻtkazilishini inson hayotida suvlarga boʻlgan muhtojlikning qay darajada yuqori ekanligini bilib olishdilar. Tadbir yakunida faol qatnashgan 6-sinf oʻquvchilari Sadliqbayeva Guldana, Uitebergenova Aynura va Qadirbayev Ergʻalilarga talabalarning tayyorlagan sovgʻalari berildi.

 

 

Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 1-bosqich geografiya talabasi  Begdullayeva Almaxan

Foydali havolalar