⚡️ Bugun Qoraqalpoq davlat universitetiga Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti vitse-prezidenti Xiroaki Kavabata tashrif buyurdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorı Reymov Axmed Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti vitse-prezidenti Xiroaki Kavabatani qabul qildi.

Universitet rektori  Axmed Reymov mazkur tashrifni hamkorlik sari qo’yilgan dastlabki qadamlar sifatida baholadi.

Uchrashuvda Qoraqalpoq davlat universiteti fakultetlari faoliyati,  hozirgi kunda yapon tilini o’rganish borasidagi ishlar, xalqaro aloqalar  borasida janob Xiroaki Kavobataga ma’lumotlar taqdim etildi.

Suhbat chog’ida universitet rektori tomonidan Xiroaki Kavabata vakilligida ikki universitet o’rtasida hamkorlik memorandumi tuzish, qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etish, iqtisodiyot, tabiiy fanlar, filologiya yo’nalishida talabalar akademik almashinuvlarini amalga oshirish takliflari bildirildi.

Mehmon Qoraqalpoq yoshlari faqat yapon tilini oʻrganib qo’ymasdan Yaponiya talabalari ham Qoraqalpoq  tilini, madaniyatini oʻrganishini xohlashini ta’kidladi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar uchun manfaatli boʻlgan yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirishga va ularni amalga oshirish uchun barcha choralarni koʻrishga kelishib olishdi.

Universitet rektori  A.Reymov mehmonga universitet nomidan Qoraqalpog‘iston tarixi haqida maʼlumot beradigan esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Uchrashuv davomida Xiroaki Kavabata universitetning Chet tillari fakultetidagi yapon tilini o’rganish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

 Qoraqalpoq davlat universiteti Matbuot xizmati

 

Foydali havolalar