Bugun 19 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlariga bag’ishlangan « Korrupsiyasiz ta’lim» mavzusida tadbir o’tkazildi.

Korrupsiya –jamiyatning rivojiga salbiy taʼsir etib qo’ymasdan, elimizdagi harakat etib turgan qonunlarga loqaydlik va o’larga hurmatsizlik tuchinshasini aks ettiradi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va shunday yomon illatning oldini olishga oid vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari o’rtasida tarigʼibot ishlari olib borilmoqda.

Bugungi o’tkazilgan tadbirda universitetning barcha masʼul xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Adliya vazirligi bo’lim boshligʼi I.Аldabergenov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Prokuraturasi kriminalist prokurori E. Auezov, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi jinoyat qiduruv boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bolimi xodimi F. Tajetdinovlar so’zga chiqib, keyingi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta’kidlab o’tdi.




