⚡️ Vazir o‘rinbosari universitet yuridika fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

         Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari R.R.Xakimov Qoraqalpoq davlat universitetiga xizmat safari mobaynida universitet yuridika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

         Uchrashuv mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydigan huquqshunos kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotar, bu borada davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, huquqshunos kadrlarni tayyorlash borasidagi kelgusidagi vazifalar, shuningdek fakultet professor-o‘qituvchilarining o‘quv, ilmiy va ilmiy tadqiqot faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalar keng tarzda muhokama qilindi.

         Uchrashuv so‘ngida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan vazir o‘rinbosari R.R.Xakimovga fakultetda yuridik ta’lim bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, vazir o‘rinbosari fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar jarayoni bilan tanishib, mazkur ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan yaqindan muloqot qildi.

Qoraqalpoq davlat universiteti Matbuot xizmati

 

 

 

 

Foydali havolalar