Bugun, 19 dekabr kuni Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus) rektori Irina Kiturko va oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Yuriy Belix Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus) rektori Irina Kiturko va oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Yuriy Belix Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurib, universitet rektori Akhmed Reymov qabulida boʻldi.

Qabul davomida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilmiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Joriy yilning 19-may kuni hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish maqsadida rektor Akhmed Reymov boshchiligidagi delegatsia Belarus Respublikasining Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universitetiga tashrif buyurgan edi.
Qoraqalpoq davlat universiteti va Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari joriy yilning may oyida boshlangan boʻlib, hozirda Ikki OTM oʻrtasida qoʻshma dastur asosida bakalavriatura, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida hamkorlik, professor-oʻqituvchilarning ushbu OTMda almashinuv dasturlarida ishtirok etishlari kabi kelishuvlarga erishildi.




Samimiy qabul va doʻstona uchrashuv mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
QQDU Matbuot xizmati