Joriy yil universitet talabalari orasida 10-may kuni «Yangi Oʼzbekistonni oʼzimiz, oʼz qoʼlimiz bilan bunyod etamiz!» shiori ostida esselar tanlovining universitet bosqichi oʼtkazildi. Tanlov yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet bosqichiga fakultet bosqichidan gʼolib boʼlgan talabalar ishtirok etib, ishtirokchilarga esse yozishi uchun ikki yarim soat vaqt berildi va ochiq oydin shaffoflik bilan oʼtkazilishi taʼminlandi. Talabalar tomomnidan taqdim etilgan esselar hakamlar hayʼati tomonidan tekshirilib tanlov kriteriyasi boʼyicha baxolandi va quyidagicha gʼoliblar aniqlandi.


1-oʼrin Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi Yusupov Yernazar,
2-oʼrin Oʼzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Gapparova Gulyor,
3-oʼrin Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi Аbdulazizov Sardor, Sanʼatshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Guljaxan Ismoilova, Аrxitektura fakulteti 3-bosqich talabasi Gulnoz Safarboevalar gʼolib deb topildi. Tanlovda gʼolib boʼlgan talabalar quyidagicha pul mukofoti va diplom bilan bilan taqdirlanadi:
1-oʼrin 600 000 sum
2-oʼrin 500 000 sum
3-oʼrin 400 000 sum
Shuningdek, tanlovda 1-2-3-oʼrinni egallagan 1-oʼrin Yuridika fakulteti
2-bosqich talabasi Yusupov Yernazar, 2-oʼrin Oʼzbek filologiyasi fakulteti
2-bosqich talabasi Gapparova Gulyor, 3-oʼrin Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi Sardor Аbdulazizovlar xududiy bosqichga tavsiya qilindi. Biz gʼoliblarga keyingi bosqichda omadlar tilaymiz!

P.Аbdirazakova
Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼyicha metodist