Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilaga e’tibor — oʻzligimizga e’tibor” gʻoyasini targʻib etish maqsadida “Mustahkam oila – jamiyat taraqqiyoti garovi” mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarga Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova, Nukus shahar FHDYo boʻlimi boshligʻi S.Pirnazarova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Din ishlari qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tegishli mutaxassislar, Yuridika, Sanoat texnologiya, Iqtisodiyot va Qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari va talaba qizlar qatnashdi. Uchrashuvni Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova ochdi va olib bordi.

Oilaga e’tibor aslida bu oʻzligimizga e’tibordir. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-sonli Farmonida mavjud muammolarni hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Shunga koʻra, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xotin-qizlar qoʻmitalari tuzilmasi tubdan takomillashtirildi. Barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilib, aniq vazifalari, maqomi belgilab berildi. Endilikda Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi joriy etiladi. “Oila” markazi va Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish, oilalarda ma’naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirishnig samarali mexanizmlarini yaratishga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha tizimli muammo va kamchiliklar koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha toʻxtalib oʻtildi va bunday kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajariladigan vazifalar belgilanib olindi. Shuningdek, uchrashuvda jamiyatimiz mustahkam tayanchi boʻlmish oila nafaqat ertangi kun shaxslarini tarbiyalashi, balki vatan va ertangi kun uchun qaygʻura olish qobiliyatini ham shakllantira olishi, dunyoning koʻplab mamlakatlarida oilaga alohida e’tibor bilan yondoshilsa-da, koʻpchilik davlat Konstitutsiyalarida bizdagi kabi «Oila» bobi yoʻq ekanligi, bu albatta, milliy davlatchilik tariximiz, xalqimizning azaliy qadriyat va an’analari bilan bogʻliq ekanligi yoshlar ongiga qayta-qayta singdirildi.

Gulbaxar Pirniyazova
Yuridika fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha
dekan maslahatchisi