Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “Oʻzbeksiton milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyixasining moliyaviy koʻmagi doirasida joriy yil iyun oyidan boshlab respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul “English for Science” oʻquv dasturining
3-mavsumini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihaning asosiy mohiyati, 200 nafar saralab olingan mahalliy tadkiqotchi olimlar uchun oʻz ilmiy natijalarini yuqori iqtidorga ega yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish, hamda xalqaro grantlarni qoʻlga kiritishda akademik ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan.
Ushbu dasturni keng targʻib qilishda ishtirok etishga moyilligi boʻlgan universitet professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar, iqtidorli talaba va magistrlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajyor-tadqiqotchilarni joriy yilning 30-iyun sanasiga qadar quyida keltirilgan havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlarini soʻrab qolamiz. http://forms.gle/MoJicNiHhbmsSMB36