Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida «Molekulyar biologiya fanining rivojlanishi» mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Shu yilning 2 avgust kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, biologiya fanlari doktorы, professor Turayev Alisher Melsovich bilan «Molekulyar biologiya fanining rivojlanishi» mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvga Biologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar qatnashdi. Uchrashuvda professor Turayev Alisher Melsovich ishtirokchilarga Molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeneriyasi fanining rivojlanishi va muammolari haqida keng turda tushuncha berdi. Shunungdek invitro, invivo usullari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy laboratoriya ishlari boʻyicha maʼlumot berdi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Bundan keyin professor A.Turayev Biologiya fakultetidagi Bioekologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan tanishib chiqdi va kelajakda ushbu laboratoriya asosida «Molekulyar biologiya va biotexnologiya» laboratoriyalarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi.

 

Foydali havolalar