Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati talaba-yoshlar oʻrtasida «Eng yaxshi kitobxon talaba» Respublika tanlovini eʼlon qiladi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati talaba-yoshlar oʻrtasida «Eng yaxshi kitobxon talaba» Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

«Eng yaxshi kitobxon talaba»  Respublika tanlovini oʻtkazish tartibi: Tanlov shartlari va baholash mezonlari 

Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich universitetning 1-2-3-4-kurs talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. 2-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi barcha taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Bunda universitet bosqichida gʻolib boʻlgan talabalar ishtirok etadi. 3-bosqich xududiy saralash, bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan bellashuvda gʻolib boʻlgan talabalar ishtirok etadi. 4-bosqich tanlovning yakuniy Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi bosqichi oʻtkaziladi.

Tanlov qoʻyidagi tartibda oʻtkaziladi:

1-shart: «Eng bilimdon kitobxon» sharti (test shaklida). Bunda ishtirokchilar oʻrtasida test (50 test savoldan iborat) oʻtkaziladi:

– tanlov tartibiga muvofiq «Eng bilimdon kitobxon» sharti test natiyjasi boʻyicha tanlov ishtirokchilarining toʻplagan bali (toʻgʻri javoblar soniga qarab 1ta savolga 0,5 ball-jami 25 ball) inobatga olinadi. Testlar Axborot va murabbiylik soati doirasidagi badiiy adabiyotlardan tuziladi.

2-shart: «Annotatsiya mahorati» sharti. Bunda, ishtirokchi tomonidan «Men yoqtirgan asar» nomi ostida oʻzisevib oʻqigan asar boʻyicha qisqacha maʼlumotlar – annotatsiya beriladi:

 – «Annotatsiya mahorati» shartida Hakamlar hayʼati ishtirokchilarning «Asarga tayyorlangan annotatsiya»sini baholashda ularning belgilangan asarni oʻqiganligini tekshiradi hamda mohiyatini toʻgʻri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab 25 ballik tizimda qoʻyidagi tartibda baholaydi:

– annotatsiya yozishdagi savodxonligi – 5ball;

– tavsiya etilgan adabiyotning annotatsiyasini yozishda asarning yetakchi gʻoyasi va mazmunining toʻliq qamrab olinganligi– 5 ball;

– Kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va jozibador tarzda bildirilganligi– 5 ball;

– Annotatsiya matnida fikrni ifodalash uslubi, badiiy obrazlarning real hayot bilan bogʻliq ibratli tomonlari ochib berilganligi – 5 ball;

– Adabiyotda berilgan umuminsoniy gʻoyalar va milliy koloritga munosabat bildirilganligi– 5 ball;

Bunda ishtirokchi tomonidan yozilgan annotatsiya matni Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan jamoaviy tarzda koʻrib chiqilib, birgalikda xulosa qilgan holda, yagona baho (ball) qoʻyiladi.

3-shart: «Kitobxonlik va mutola madaniyatini ken targʻib etish» shartida ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targʻib etish jarayoni Hakamlar hayʼati oldida amalga oshiriladi. Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchining kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targib etish usuli hamda ushbu jarayonda tinglovchini ishontira olish qobilyati 50 ballik tizimda quyidagi  bartibda baholanadi:

– Kitobxonlik va mutola madaniyatini ken targʻib etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ibratliishlar va bu borada aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida erishilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan fikr-mulohazalar mavjudligi– 10 ball;

– targʻibot jarayonida ishtirokchi tomonidan oʻzi oʻqigan asarlarning olgan taasurotlarining oʻz hayoti yulida tutgan oʻrniga ahamiyat qaratishi – 10 ball;

– kitob oʻqishning ijobiy natijalari yuzasidan oʻzi tomonidan bilidirilayotgan fikrlarni aniq maʼlumotlar va ishonchli asoslar bilan yetkazish orqali tinglovchini ishontira olishi qobiliyati– 10 ball;

– biron-bir asarni oʻkish davomida oʻquvchi tomondan kitobga nisbatan ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlib, mutolaa madaniyatiga amal qilinishi masalalariga eʼtibor qaratishi– 10 ball; Gʻolibni aniqlash: Bunda Hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi oʻzining bahosini namoyishkorona eʼlon qiladi va asoslab beradi. Barcha aʼzolarning kuygan ballari umumlashtirilib, ularning umumiy soniga boʻlingan holda oʻrtacha baho chiqariladi.

Yakuniy baho – tanlovning uchta sharti natijalari boʻyicha ishtirokchilarning toʻplagan ballarini qoʻshish (25+25+50=100 ball) natiyjasi asosida aniqlanadi.

 Tanlovning universitet bosqichida gʻolib boʻlgan talabalarni rektorat tomonidan diplom bilan va quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

1-oʻrin 1000 000 sum

2-oʻrin 800 000 sum

3-oʻrin 600 000 sum

Tanlov oʻtqaziladigan vaqt: 1-bosqich shu yilning 25-sentabr kuni universitet Axborot resurs markazida oʻtqaziladi. Ishtirok etishni istaganlar fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga murojaat qilasizlar.

Foydali havolalar