Hurmatli sirtqi taʼlim yoʻnalishlari talabalari!

 2022/2023-oʻquv yilida sirtqi taʼlim yoʻnalishlarining 3-kurs talabalari  oʻquv jarayonlari va attestatsiyalarga 2022 yil noyabr oyida 4-kurs talabalari 2023 yil yanvar oyida chaqirtirilishi belgilangan va bunda oʻtgan oʻquv yilidan qarzdor talabalar darslarga qatnashish huquqiga ega emas.

Chunki 2021/2022-oʻquv yilining kontrakt toʻlovlari boʻyicha qarzdor talabalar kursdan-kursga oʻtmagan va oʻz navbatida ular universitet bilan 2022/2023-oʻquv yili uchun shartnoma tuzmagan hisoblanadi (talaba kursdan kursga oʻtmasa unga kontrakt.edu.uz tizimida unga shartnoma rasmiylashtirilmaydi).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabr kungi «Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 824-son qarorining 41-bandi  boʻyicha:

– bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25% in iva undan ortiq soatini sabapsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi, yaʼni akademik qarzdor hisoblanadi.

– Akademik qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan  kreditlar miqdorida mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni  oʻz hisobidan qayta oʻqiydi.

 

 

 

Foydali havolalar