QDUda «Millatlararo totuvlik, birdamlik va xalqlar doʻstligi» shiori ostida doʻstlik festivali boʻlib oʻtdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida «Millatlararo totuvlik, birdamlik va xalqlar doʻstligi» shiori ostida doʻstlik festivali boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqarg‘i Kengesi Raisining oʻrinbosari R.Saparbayev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi boʻlimi boshlig‘i T.Atamuratov, qozoq, rus, ukrain, turkman, koreys milliy madaniy  markazlaridan bir qator vakillar ishtirok etishdi.

Dastlab, festivalni Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov ochib berdi. U oʻz soʻzida bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari bir oila farzandlariday boʻlib, teng huquqli va oʻzaro birdamlikda yashab, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshib kelayotganligini, shuningdek, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bilim olishi, kasb -hunar oʻrganishi, madaniyatlari, urf-odat dasturlarini saqlash va rivojlantirish uchun mamlakatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganligini aytib oʻtdi.

Shundan keyin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqarg‘i Kengesi Raisining oʻrinbosari R.Saparbayev soʻzga chiqib, jamiyatimizda millatlararo totuvlikni musthkamlash barcha fuqarolarning millatidan, dinidan, qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish mamlakatimiz siyosatining eng muhim dasturlaridan biri ekanligini aytib, barchani bayram bilan qizg‘in qutladi. Shu jumladan, tadbirda  soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston Respublikasida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar mamlakatda ushbu sohalarda strategik maqsad sari birlashtirishga xizmat qilishi, jamiyada millatlararo totuvlikni, oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat, tinch va totuvlikni mustahkamlash, ijtimoiy –ma’naviy muhitni ta’minlash, bugungi kunda xalqni rozi qilish uchun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy samarasini berayotganligini chiqib gapiruvchilar oʻz soʻzlarida keltirib oʻtdilar. Shuning bilan bir qatorda, festival doirasida milliy madaniy markazlarning koʻrgazmalari va universitetimizning faol va iste’dodli talaba-yoshlarning konsert dasturidan mehmonlar bahramand boʻlishdi.

Darvoqe, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenlik prinsplarini qaror toptirish, millatlarning har taraflama rivojlanishi, ularning milliy qadriyatlarini saqlab qolish, urf-odat dasturlarini rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, bu oʻz navbatida koʻp millatli xalqimizning totuvligini mustahkamlash, Ona-Vatanimizning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

 

Foydali havolalar