Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olayotgan yoki faoliyat yuritayotgan talaba-yoshlar orasida “Eng yaxshi notiq talaba” tanlovi oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Tanlovning 1-bosqichi universitet fakultetlar oʻrtasida tashkil etiladi va oʻtkaziladi (2023-yil aprel oyining uchunchi 10 kunligi).
“Eng yaxshi notiq talaba” tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida namunaviy
NIZOM
Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar oʻrtasida “Eng yaxshi notiq talaba” tanlovini (keyingi oʻrinlarda Tanlov deb yuritiladi ) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
- Maqsad va vazifalari
- Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyasiga ega boʻlgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, talabalarning nutqiy boyligi, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, yetakchilik xislatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qobiliyatlarini rivojlantirish.
2.1.Talaba-yoshlarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularga oʻrtaga qoʻyilgan muammoga atroflicha yondasha olish, oʻz fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish malakalarini shakllantirishda koʻmak berish hamda toʻgʻri yoʻnaltirish;
2.2. Talaba-yoshlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, notiqlik, yetakchilik sifatlarini rivojlantirish;
2.3. Oʻzgalarning fikrlarini hurmat bilan qabul qilish va notiqlik etikasini oʻrgatishdan iborat.
III. Tanlovni tashkil etish
- Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan tashkil etiladi.
3.1.Tanlovda oliy taʼlim muassasalarining barcha talabalari ishtirok etadi.
3.2. Tanlovni tashkil etish va uni oʻtkazish oliy taʼlim muassasalari tashkiliy ishchi guruhi zimmasiga yuklatiladi.
IV.Tanlovni oʻtkazish tartibi
- Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.
4.1. Tanlovning 1-bosqichi oliy taʼlim muassasasidagi fakultetlar oʻrtasida tashkil etiladi va oʻtkaziladi (2023-yil aprel oyining uchinchi 10 kunligi).
4.2. Tanlovning 2-bosqichi oliy taʼlim muassasasi bosqichi oʻtkaziladi (2023-yil may oyining birinchi 10 kunligi).
4.4. Tanlovning 1-bosqichida faqat 1-, 2-, 3-oʻrinlarini egallagan jamoaga keyingi bosqichga ishtirok etish uchun yoʻllanma beriladi.
4.5. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishchi guruh tarkibiga oliy taʼlim muassasasi rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy boʻlimlari, madaniyat va sanʼat sohasi vakillaridan iborat masʼul xodimlar (kelishuv asosida) kiritiladi.
- Tanlov shartlari va baholash mezonlari
- Mavzu va tayyorgarlik.
Ishtirokchilar bilet tortib, muammoli, bahsga boy mavzular yuzasidan javoblarini nutqiy mahoratlari orqali bayon etishdi.
5.1. Mavzular dolzarb va ommabop boʻlishi shart.
5.2. Mavzu faqat belgilangan tillarda (oʻzbek, rus, ingliz tillarida) oʻtkaziladi (masalan: oʻzbek tilida oʻtkazilayotgan bellashuvda rus yoki boshqa tillardagi terminlardan foydalanish mumkin emas).
5.3. Tanlov paytida internet tarmogʻi, elektron kitoblar orqali qoʻshimcha maʼlumot qidirish taʼqiqlanadi.
5.4. Tanlov jarayonida ishtirokchilar hammaga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni bemalol ishlatishlari mumkin. Lekin yangi yoki kam uchraydigan maʼlumotlar dalil yoki misol sifatida keltiriladigan boʻlsa, hakamlar va raqibga foydalangan maʼlumotning manbasi bilan tanishtirib oʻtishlari shart.
5.6. Tanlov jarayonida notiqlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari shart. Har bir ishtirokchi unga ajratilgan vaqt davomida soʻzga chiqadi va savollarga javob beradi.
5.7. Tanlov boshlashdan oldin qurʼa asosida ishtirokchilar aniqlanadi. Tayyorgarlik koʻrish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
5.8. Berilgan vaqtni nazorat qilish vaqt nazoratchisi zimmasiga yuklatiladi. Ajratilgan vaqt tugaganidan keyin vaqt nazoratchisi maxsus belgi yordamida notiqqa murojaat qiladi. Ushbu belgidan keyin notiq bir daqiqa vaqt ichida nutqini tugatishi kerak. Hakamlar ajratilgan vaqtdan keyin keltirilgan maʼlumotlarni hisobga olmaydilar.
5.9. Tanlov ishtirokchilarining baholari Hakamlar hayʼati tomonidan maxsus ishlab chiqilgan baholash varaqalari yordamida baholanadi.
5.10. Tanlov hayʼatining har bir aʼzosi har bir nomzodga oʻz bahosini qoʻyadi.
- Baholash komissiyasi
6.1 Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida Tashkiliy ishchi guruh shakillantiriladi.
6.2. Tanlovning ishchi guruhiga quyidagi vazifalar yuklatiladi.
– tanlov jarayonida notiqlar orasida sogʻlom raqobat va doʻstona muhit yaratilishini taʼminlashi;
– nizomda belgilangan qoidalar bilan tanishib, oʻzi ham, boshqa ishtirokchilar ham ularga amal qilishini taʼminlashi;
– tanlovning reglamentini toʻgʻri olib borilishini doimiy nazorat qilishi;
– taraflar oʻrtasida ziddiyatlar paydo boʻlishini oldini olishi va bunday hollar sodir boʻlgan taqdirda, uni odillik bilan hal etishi lozim.
VII. Gʻoliblarni taqdirlash
7.1.Tanlov gʻoliblarini taqdirlashni tashkil etish maqsadida Tashkiliy qoʻmitaning majlisi oʻtkaziladi hamda Tanlov natijalari eʼlon qilinadi. Tanlov gʻoliblari va sovrindorlarining roʻyxati Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
7.2. Tanlovning 1-bosqichida 1, 2, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan talabalar oliy taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 donadan planshet hamda diplom, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
7.3. Tanlovning 2-oliy taʼlim bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “Eng yaxshi notiq talaba” oliy taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 dona televizor hamda diplom, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Diplomda gʻolib ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi, taʼlim muassasasi kolligrafiya shaklida kompyuterda yoziladi.
7.4. Tanlov natijalari va gʻoliblarning roʻyxati tantanali taqdirlash marosimidan soʻng taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
VIII. Yakuniy qoidalar
8.1. Tanlovga davlat va nodavlat tashkilotlar homiylik qilishlari mumkin.
8.2. Tanlovning Nizom talablari asosida ijrosini nazorat qilish tashkiliy ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.