Yuridika fakultetida tashkil etilgan maxsus oʻquv sud zalida ochiq sayyor sud majlisi koʻrib chiqildi

Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti yuridika fakultetida tashkil etilgan maxsus oʻquv sud zalida ikki nafar shaxsga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Qonlikoʻl tuman sudi raisi tomonidan ochiq sayyor sud majlisida koʻrib chiqildi.

M ismli shaxs 2023-yil 31-yanvar kuni tunda Nukus shahri 22 kichik tumanda yashovchi fuqaroning 700 ming sumlik shaxsiy velesipedi qulflangan yeridan qulfini buzib, ugʻirlab Oʻzbekstan Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan. Ochiq sayyor sud majlisida ayblanuvchining jabrlangan shaxsga keltirilgan moddiy zararni toʻliq qoplaganligi, uning qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi va jabrlanuvchining unga hech qanday daʼvosi yoʻqligi, oʻz-aro kelishib yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 84 moddasi 4-qismiga asos harakatdan toʻxtatildi.

Shuningdek, ayrim yengil yoʻl bilan mumay daromad topish ilinjida boʻlgan fuqaro 125 mln sum evaziga oʻzining kadastr agentligida ishlaydigan tanishlari orqali Nukus shahri “Janabazar” mahallasi hududidan 6 sotox yer olib berishni vaʼda qilib, ushbu pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Ochiq sayyor sud majlisida mazkur jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqilib, sud hukmi bilan uddaburon qoʻshtirnoq ichidagi xojatbaror shaxs Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib,  har oylik ish haqisining 20 % daromadini davlat foydasiga ushlab qolgan holda  1 yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlandi.

Sud jarayonidan soʻng, sudya tomonidan talabalarga sudlanuvchilarga tayinlangan jazoning huquqiy asoslari tushuntirildi. Talabalar mazkur jarayonda nazariy bilimlarini amaliyotda birlashtirish imkoniga ega boʻlishdi.

 

 

Foydali havolalar