QDUda “Abituriyentlarning ota-onalarining ijtimoiy kayfiyati”ni oʻrganish maqsadida ishchi guruh tuzildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan 2023-2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarida abituriyentlarning ota-onalarining fikirlarini, mavjud muammo va takliklarini oʻrganish maqsadida ishchi guruh tuzildi. Bu ishchi guruh a’zolari tomonidan joriy yilning 24-iyul sanasidan boshlab, kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilayotgan oʻrinlarda ota-onalar bilan Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar, shuningdek kelgusida kutilayotgan yangiliklar yuzasidan suhbatlar soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

Shunga asosan, 28-iyul kuni universitetimizda 1-13-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan test imtixonlari oldidan ishchi guruh a’zolari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda ishchi guruh a’zolarining har biriga tajribali oʻqituvchilar tomonidan kerakli yoʻl-yoʻriqlar berildi. Ishchi guruhlarni tashkil etishdan asosiy maqsad Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonida imtihon topshirayotgan yoshlarning ota-onalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur sotsiologik tadqiqot yangi tartibda tashkil etilgan test jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarga boʻlgan munosabatlarini oʻrganish boʻlib topiladi.

QDU matbuot kotibi

Foydali havolalar