«Kitapqumarlar klub»i tomonidan «Tilga eʼtibor-elga eʼtibor» mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

Joriy yilning 18-oktabr kuni universitetimizning axborot-resurs markazida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan «Tilga eʼtibor-elga eʼtibor» mavzusida «Kitapqumarlar klub»i tomonidan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi va mehmonga I.Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan ijodkorlar maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari tashrif buyurdi.

Badiiy kechani «Kitapqumarlar klub»i boshchisi G.Narimbetova so‘zga chiqib ochib berdi hamda «Kitapqumarlar klub»i aʼzosi A.Reypnazarova tomonidan tayyorlangan bayonot student-yoshlar nazariga taqdim etildi. Kecha davomida klub aʼzolari o‘zbek va qoraqalpoq shoirlari qalamiga mansub sheʼrlar o‘qib eshittirildi, jonli ijroda qo‘shiqlar aytildi.Tadbir so‘nggida esa klub aʼzosi J.Baxtibayeva tomoshabinlar bilan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazdi va yaxshi qatnashganlarga sovg‘alar taqdim etildi.

Har bir millat, har bir xalq o‘zining muqaddas hisoblangan tiliga ega. Til xalqning, millatning tarixi va madaniyatini o‘zida mujassam etadi. Ayni vaqtda Prezidentimiz farmoyishi va qarorlari asosida tilga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu kabi adabiy-badiiy kechalar tashkil etib turilishi talaba yoshlar ongida ona tiliga nisbatan hurmat-ehtiromni yuksaltirish va jamiyatni rivojlanlantirish omili, millatning ajralmas xususiyati va davlatning mustaqilligini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekanligi haqida eʼtirof etadilar.

D.Quvvatboyeva, matematika fakulteti 3-kurs talabasi, «Kitapqumarlar klub»i aʼzosi

 

 

Foydali havolalar