
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 4-5-sonli talabalar turarjoyida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalariga oid chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va talaba-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda masʼuliyatini teran anglashi, shuningdek, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga, ijtimoiy mutanosiblikni saqlashga, nozik xilqat vakillarining millat tarbiyasida o‘rni beqiyos ekanligini anglashiga xizmat qiladigan seminar bo‘lib o‘tdi.
QDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi I. Seytnazarova tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarga ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri A. Berdimuratova, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent X. Kamalova, QDU psixologi G. Reymbayeva, xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari va talaba qizlar ishtirok etdi.
Seminarda ustozlar tomonidan ilmiy-tahliliy nuqtai nazardan hayotiy, lekin oddiy va sodda qilib yetkazib berilgan fikr-mulohazalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari tomonidan talaba yoshlarning «Ijtimoiy hamda psixoemotsional kayfiyatini o‘rganish» maqsadida anonim savolnoma o‘tkazildi, natijalar tahlil qilinib, umumlashtirilgan holda QDU kengashiga takliflar tayyorlash belgilab olindi. O‘tkazilgan seminar fikr-mulohazalarga boy ravishda mazmunli yakunlandi
QDU Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzosi G. Qazaqbayeva

