Oʻzbekiston boʻylab “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida 23-25-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri Qoraqalpoq davlat universitetiga Bomurodov Bobur Hodiyevich, (Bobur Bobomurod) tashrifi kutilmoqda. Bobir Hodiyevich Bomuradov (Bobur Bobomurod) 1968-yil 27-fevralda Buxoro shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan.
Nazm, badiiy tarjima janrlarida ijod qiladi. 1995–2021-yillarda “Koʻzgudagi odam”, “Muhabbat yolgʻonlari”, “Yolgʻiz qolgan ayol”, “Elim boʻldi davlatli”, “Buxorodan kuyov qiling”, “Esiz odam”, “Chimyon taronalari”, “Sukutdagi goʻzal”, “Umr bahori”, “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan oʻzbekka”, “Koʻrgim kelar sizni negadir”,“Vatan mehri” nomli toʻplamlari chop etilgan. “Esiz odam”, “Umr bahori”, “Yuragim” “Koʻrgim kelar sizni negadir”, “Vatan mehri” kabi sheʼriy kitoblari el aro keng yoyilgan.
1998-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga ega (2010). Shoirning mukofotlari: 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilgan. Nufuzli turli idora va tashkilotlarning “Madaniyat va sanʼat fidokori” (2020), y. “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” (2021), “Maʼnaviyat fidoyisi” (2021), “Maʼnaviyat aʼlochisi” (2023) koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
