Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash ”Ulugʻbek” jamgʻarmasida joriy yilning 31-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Qoʻngʻirot Avezimbetovichning “Ilm-fan va taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari” mavzusidagi maʼruzasi tashkil etildi. Maʼruzada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti boʻlim boshliqlari, shuningdek, tegishli fan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berayotgan yosh professor-oʻqituvchilar, tyutorlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Maʼruzada oliy taʼlim tizimida qabul jarayonlarini tashkil etish, grant oʻrinlarini taqsimlash boʻyicha amalga oshirilgan qator islohotlar, ijtimoiy-ragʻbatlantiruvchi qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratilishi, magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkazilishi belgilanganligi, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari, taʼlim sifatini taʼminlash va oʻquv jarayonini tashkil qilish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim ustuvor vazifalar, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va maʼnaviy-maʼrifiy, ilm-fan va innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik hamda raqamlashtirish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari boʻyicha maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Maʼruza mavzusi boʻyicha ishtirokchilar tomonidan juda koʻplab qiziqarli savollar va takliflar berildi.