Joriy yilning 14-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Otabek Mahkamov Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, bu yerda yangi 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, talabalar uylarining holati, oshxona, maʼnaviyat xonalari talabalarni qabul qilishga shay ekanligi koʻzdan kechirildi.
Shundan so‘ng, talabalarni ijaraga, yotoqxonalarga joylashtirish bo‘yicha maʼlumotlar markazi (infokiosk) bilan bog’liq jarayonlar ham o’rganildi. U yerda universitetning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ullariga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida xodimlarning mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlab, barcha vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berdi.



