“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori”  VIII Xalqaro Kongressi boʻlib oʻtmoqda

Joriy yilning 23-26-avgust kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turistik markazida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori”  VIII Xalqaro Kongressi mavzusida tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi, akademik, Islom sivilizatsiyasi markaziIlmiy kengashi aʼzosi Axmed  Reymov ta qatnashmoqda. Kongressda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyalarini, kutubxonasi, shuningdek Imom Buxoriy muzeyi ekspozitziyalari muhokamasi rejalashtirilgan. Shuningdeg, mazkur Kongressda Fanlar akademiyasidan 24 nafar olimlar faol ishtirok etmoqda.

Dastavval Kongressning ochilish  marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini oʻqib eshittirdi. Maʼlumot uchun; VIII Xalqaro Kongress tarixda birinchi marta “Silk Road Samarkand” majmuasining Kongress-Xoll zallarida oʻtkazilib,  Bu tadbir olimlar ishiga katta turtki berishi va Kongress ishtirokchilari uchun yodda qolarli tajriba boʻlishi shubhasiz.

Foydali havolalar