Oʻzbekiston boʻylab “Maʼrifat ulashib” loyihasi SHODI OTAMUROD

1. Adib hayoti haqida 1978 yil 11 dekabrda Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Solin qishlog‘ida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Dastlab qishloqdagi 39-maktabda, so‘ngra Respublika Nafis san’at maktabida o‘qigan. Maktab davridayoq tuman, viloyat gazetalarida, “Tong yulduzi” gazetasi hamda “Gulxan” jurnallarida she’rlari chop etilgan.
2. Adibning faoliyati haqida 2000 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Keyinchalik “Turkiston”, “Inson va qonun”, “Milliy tiklanish” Respublika gazetalarida muxbir bo‘lib ishlagan. 2019 yildan Yozuvchilar uyushmasining Ijodiy kengashlar kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib boradi.
3. Adib ijodi haqida Yoshlikdan ijod qiladi. “Sog‘inch ranglari”, “Muloyim mushuk”, “Umr o‘tib boradir, gulim” nomli kitoblari nashr etilgan.

4. Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati: “Vatan chegarasi”, “Xalqim”, “Dunyo”, “Chaqaloqqa”, “Ona tilimga”, “Abdulla Orif”, “Xayr, bahorlarim…”, “Yolg‘iz ayolga” kabi she’rlari.
5. Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari: –
6. Adibning qo‘shiq bo‘lgan asarlari: –
7. Adibning spektakl bo‘lgan asarlari: –
8. Adibning qanday mukofotlari mavjud: –
9. Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): “Umr o‘tib boradir, gulim” 20
10. Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari: Bir turkum she’rlari rus, ukrain, ingliz, qozoq tillariga tarjima qilingan.
11. Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: Shodi Otamurod ijodiy o‘zan https://www.фаcебоок.cом/шаре/wоажП9ф8ҚУеЛРмВЗ/?мибехтид=еҚЙ6cл 

12. Adib tarjima qilgan asarlar: Rus shoirlari Mixail Sinelnikov, Vadim Teryoxin, Yekatirina Volodina, ukrain shoirlari Yelena Buyevich, Dmitriy Burago, rumin shoiri va yozuvchisi Leo Butnaru, qozoq shoiri Isqaq Ulan Nurgeldi kabi shoirlarning she’riy turkumlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
13. Adib haqidagi kitob va ilmiy asarlar: Adabiyotshunoslar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Uzoq Jo‘raqulov, Ulug‘bek Hamdam, shoir Pustam Musurmonlarning matbuotda e’lon qilingan ilmiy maqolalari.
14. Adib bilan bog‘lanish 91 326-80-33

Foydali havolalar